Alloh osmonlar va yerning nuridir. Uning nurining misoli xuddi bir tokcha, uning ichiga chiroq qo`yilgan, chiroq esa, shisha ichida, shisha esa, go`yo durdan bo`lgan bir yulduz bo`lib, sharqiy ham, g`arbiy ham bo`lmagan muborak zaytun daraxtidan yoqiladir. Uning moyi o`ziga olov tegmasa ham, yoritib yuboray deydir. (Bu) nur ustiga nurdir. Alloh xohlagan odamni O`z nuriga hidoyat qilur. Alloh odamlarga misollarni keltirur. Alloh har bir narsani o`ta bilguvchidir.
An-Nur 24:35 ⧉