Batahqiq, Biz sizlarga ochiq-oydin oyatlarni, sizdan oldin o`tganlardan misolni va taqvodorlar uchun va'zni nozil qildik. An-Nur 24:34 ⧉
Tafsir:
Ey odamlar, sizlarga hech bir chalkashligi yoʻq, haq bilan botilni ajratib beradigan ochiq oyatlarni, oldingi oʻtgan moʻminu kofirlardan misollarni va bir nasihatni nozil qildik. Ulardan Allohning buyruqlarini bajarib, taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qiladigan zotlar pandu nasihat oladilar.