Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nur — Oyat 33 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nur • Oyat 64 dan 33 • Oʻzbekcha


وَلْيَسْتَعْفِفِ الَّذِينَ لَا يَجِدُونَ نِكَاحًا حَتَّىٰ يُغْنِيَهُمُ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ ۗ وَالَّذِينَ يَبْتَغُونَ الْكِتَابَ مِمَّا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ فَكَاتِبُوهُمْ إِنْ عَلِمْتُمْ فِيهِمْ خَيْرًا ۖ وَآتُوهُمْ مِنْ مَالِ اللَّهِ الَّذِي آتَاكُمْ ۚ وَلَا تُكْرِهُوا فَتَيَاتِكُمْ عَلَى الْبِغَاءِ إِنْ أَرَدْنَ تَحَصُّنًا لِتَبْتَغُوا عَرَضَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۚ وَمَنْ يُكْرِهْهُنَّ فَإِنَّ اللَّهَ مِنْ بَعْدِ إِكْرَاهِهِنَّ غَفُورٌ رَحِيمٌ 33
Tarjima:
Nikoh(imkon)ni topa olmaganlar, to Alloh ularni O`z fazlidan boy qilgunicha, iffatlarini saqlasinlar. Qo`llaringizda mulk bo`lganlardan (ozodlik) vasiqasini istaydiganlari bo`lsa, bas, ularda yaxshilik borligini bilsangiz, ular ila vasiqa yozing va Allohning sizga bergan molidan ularga bering. Hayoti dunyoning o`tkinchi matohini istab, poklikni iroda qilgan (cho`ri) qizlaringizni fohishalikka majbur qilmang. Kim ularni majbur qilgan bo`lsa, bas, albatta, Alloh ular majbur qilganlaridan keyin o`ta mag`firatli va rahimli Zotdir. An-Nur 24:33
Tafsir:
Nikohlanishga qurbi yetmaganlar to Alloh ularni Oʻz fazli ila boy qilguniga qadar iffatlarini saqlasinlar. Qaysi bir qul mukotabani istasa, yani, malum miqdordagi toʻlov evaziga oʻzini ozod qilish uchun shartnoma tuzishni istasa, xojalar uning yaxshi, dindor odamligini va shu ishni uddalay olishini bilsalar, uni qabul qilishlari, Alloh ato etgan mollardan ularga ham berishlari lozim. Shartnomadagi mablagʻning biron qismidan voz kechish ham shu ish jumlasidandir. Choʻrilaringiz iffatli boʻlishni istasalar, mol-davlat topish uchun ularni zinoga majburlamanglar. Abdulloh ibn Ubay oʻzining ikki choʻrisiga nisbatan shunday ish qilgandi. Kim ularni majbur qilsa, Alloh ular majbur qilinganlaridan keyin ularning gunohlarini kechiradigan Magʻfiratli va Mehribon Zotdir. Chunki ular oʻz ixtiyorlari bilan bu ishni qilmadilar. Gunoh majbur qilganlarning zimmasiga tushadi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nur • Oyat 32 Keyingi An-Nur • Oyat 34