Oralaringizdagi nikohsizlarni va qulu cho`rilaringizdan solihlarini nikohlab qo`ying. Agar faqir bo`lsalar, Alloh ularni O`z fazlidan boy qilur. Alloh (fazli) keng, o`ta bilguvchi Zotdir. An-Nur 24:32 ⧉
Tafsir:
Ey moʻminlar, oralaringizdagi beva erkak va beva ayollarni hamda moʻmin qullaringiz va choʻrilaringizni uylantiringiz, turmushga beringiz. Agar ular kambagʻal boʻlsalar, Alloh ularni Oʻzining keng fazli ila boy qilur. Alloh keng rizq beradigan, bandalarining ahvolidan Xabardor Zotdir.