Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 66)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 66

وَلَوْ أَنَّا كَتَبْنَا عَلَيْهِمْ أَنِ اقْتُلُوا أَنْفُسَكُمْ أَوِ اخْرُجُوا مِنْ دِيَارِكُمْ مَا فَعَلُوهُ إِلَّا قَلِيلٌ مِنْهُمْ ۖ وَلَوْ أَنَّهُمْ فَعَلُوا مَا يُوعَظُونَ بِهِ لَكَانَ خَيْرًا لَهُمْ وَأَشَدَّ تَثْبِيتًا 66 ٦٦

Agar Biz ularga, o`zlaringizni o`ldiring yoki o`zingizni diyorlaringizdan chiqaring, deb farz qilganimizda, ozginalaridan boshqasi buni qilmas edilar. Ular o`zlariga va'z qilingan narsalarni qilganlarida edi, o`zlariga yaxshi va sabotlari mustahkam bo`lar edi. (66)

Tafsir
Ularga bir-birlarini oʻldirishni yoki diyorlaridan chiqishni buyurganimizda edi, bu farmonimizni juda ozchiligi bajargan boʻlardi. Shunday ekan, Alloh ularga bu qadar ogʻir ishni buyurmagani uchun U Zotga hamd aytsinlar. Oʻzlariga qilinayotgan Allohga itoat etish haqidagi pandu nasihatlarga amal qilganlarida edi, oʻzlariga yaxshiroq va iymonlari mustahkamroq boʻlardi. Biz ularga ulugʻ savob ato etib, ularni Allohga va U Zotning jannatiga olib boradigan yoʻlga muvaffaq aylagan boʻlardik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin