Bir kishilarki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohning zikridan, namozni to`kis ado etishdan va zakot berishdan mashg`ul qila olmas. Ular qalblar va ko`zlar iztirobga tushadigan kundan qo`rqarlar. Nur 24:37 ⧉
Tafsir:
Kishilarki, ularni tijorat ham, savdo ham Alloh subhonahuning zikridan, namozni toʻkis ado etishdan va zakotni oʻz oʻrniga berishdan chalgʻitmaydi. Ular Qiyomat kunidan qoʻrqadilar. U kunda qalblar va koʻzlar hali najot topishga umid bogʻlab, hali azobdan qoʻrqib, oʻzlarini har yonga uradilar.