Alloh ularni qilgan amallarining eng go`zali ila mukofotlashi va fazli karamidan ziyoda qilib berishi uchundir. Alloh xohlagan kishiga behisob rizq berur. Nur 24:38 ⧉
Tafsir:
Alloh ularning qilgan amallariga eng yaxshi mukofotni berishi va Oʻz fazlidan yanada ziyoda qilishi uchun shunday qiladilar. Alloh Oʻzi istagan odamga qilgan amallariga yarasha, balki yanada ziyoda qilib behisob rizq berur.