Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nur — Oyat 40 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nur • Oyat 64 dan 40 • Oʻzbekcha


أَوْ كَظُلُمَاتٍ فِي بَحْرٍ لُجِّيٍّ يَغْشَاهُ مَوْجٌ مِنْ فَوْقِهِ مَوْجٌ مِنْ فَوْقِهِ سَحَابٌ ۚ ظُلُمَاتٌ بَعْضُهَا فَوْقَ بَعْضٍ إِذَا أَخْرَجَ يَدَهُ لَمْ يَكَدْ يَرَاهَا ۗ وَمَنْ لَمْ يَجْعَلِ اللَّهُ لَهُ نُورًا فَمَا لَهُ مِنْ نُورٍ 40
Tarjima:
Yoki xuddi qa'rsiz dengizdagi zulmatlarga o`xshar. Uning ustidan mavj qoplagandir, u(mavj)ning ham ustidan mavj va uni esa, bulut (qoplagandir). Bir-birining ustidagi zulmatlardir. U qo`lini chiqarsa, ko`ra olmas. Kimgaki Alloh nur bermasa, uning uchun nur bo`lmas. An-Nur 24:40
Tafsir:
Ularning qilgan amallari bir tubsiz dengizdagi zulmatlar kabidirki, uni ustidan bir toʻlqin qoplab olgan. Toʻlqin ustidan yana bir toʻlqin qoplab olgan. Uning ham ustidan esa yulduzlarni toʻsib turgan bir bulut qoplab olganki, ularga qarab yoʻl topishning iloji yoʻq. Ustma-ust qalashib ketgan zulmatlar. Qoʻlini chiqarsa, deyarli koʻrmay qoladigan darajada qorongʻulik. Kofir ham xuddi shunday. Undagi jaholat, ikkilanish, muhrlanib qolgan qalb kabi zulmatlar ustma-ust qalashib yotibdi. Alloh kimga hidoyat va Quronni anglash nurini ato etmasa, Uning uchun boshqa biron nur yoʻqdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nur • Oyat 39 Keyingi An-Nur • Oyat 41