Allohga osmonlar va yerdagi bor jonzot va saf tortgan holidagi qushlar tasbih aytishini ham ko`rmaysanmi?! Har biri o`z duosi va tasbihini, batahqiq, bilmishdir. Alloh nima amal qilishlarini o`ta bilguvchidir. An-Nur 24:41 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, osmonlaru yerdagi hamma jonzotlar, havoda saf tortib turgan qushlar Allohga tasbeh aytadi. Alloh ulardan har birining, jumladan, insonning namozini ham, qushning tasbehini ham bilib turadi. Alloh ular qilayotgan ishlardan Xabardordir. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas.