Kim Allohga va Uning Payg`ambariga itoat etsa hamda Allohdan qo`rqib, Unga taqvo qilsa, bas, ana o`shalargina yutuqqa erishguvchilardir. An-Nur 24:52 ⧉
Tafsir:
Kim Allohga va Rasuliga itoat etsa, ularning hukmiga taslim boʻlsa, Allohning buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila U Zotning azobidan qoʻrqsa, bas, ana oʻshalargina dunyoda ham, oxiratda ham zafar quchguvchilardir.