Ular agar amr qilsang, albatta (jihodga) chiqishlari haqida Alloh nomi bilan jon-jahdlari ila qasam icharlar. Sen: «Qasam ichmanglar! (Bu jihod) ma'lum toatdir! Albatta, Alloh nima amal qilayotganlaringizdan xabardordir», deb ayt. An-Nur 24:53 ⧉
Tafsir:
Munofiqlar, jihodga chiqishni buyursangiz, albatta chiqamiz, deya jon-jahdlari bilan qasam ichdilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Qasam ichmanglar. Yolgʻon gapirayotganingiz ham, davo qilayotgan toatingiz qanday boʻlishi ham malum. Alloh qilayotgan ishlaringizdan Xabardor. Bironta ishingiz U Zotdan yashirin qola olmaydi".