Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nur — Oyat 60 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nur • Oyat 64 dan 60 • Oʻzbekcha


وَالْقَوَاعِدُ مِنَ النِّسَاءِ اللَّاتِي لَا يَرْجُونَ نِكَاحًا فَلَيْسَ عَلَيْهِنَّ جُنَاحٌ أَنْ يَضَعْنَ ثِيَابَهُنَّ غَيْرَ مُتَبَرِّجَاتٍ بِزِينَةٍ ۖ وَأَنْ يَسْتَعْفِفْنَ خَيْرٌ لَهُنَّ ۗ وَاللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ 60
Tarjima:
Ayollardan (keksayib) o`tirib qolganlari, nikohni umid qilmaydiganlariga ziynatlarini ko`z-ko`z qilmagan holda kiyimlarini qo`yishlarida gunoh yo`qdir. Iffat talabida bo`lsalar, o`zlari uchun yaxshidir. Alloh o`ta eshitguvchi, o`ta bilguvchi Zotdir. An-Nur 24:60
Tafsir:
Hayz koʻrish va homilador boʻlishdan qolgan, nikohdan umidi uzilgan kampirlar yopinchiq, roʻmol kabi kiyimlarini yechsalar, ularga gunoh boʻlmaydi. Faqat yashirishi lozim boʻlgan yashirin ziynatlarini koʻrsatmasliklari kerak. Yopinchiq va roʻmolni ham oʻzini iffatli tutish uchun yechgandan koʻra kiyib olganlari yaxshiroq. Alloh gap-soʻzlaringizni eshitib, qilayotgan ishlaringizni esa bilib turguvchi Zotdir. Biron narsa U Zotdan yashirin boʻla olmas. Yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nur • Oyat 59 Keyingi An-Nur • Oyat 61