Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Nur — Oyat 61 (Oʻzbekcha) — Video

Nur • Oyat 64 dan 61 • Oʻzbekcha


لَيْسَ عَلَى الْأَعْمَىٰ حَرَجٌ وَلَا عَلَى الْأَعْرَجِ حَرَجٌ وَلَا عَلَى الْمَرِيضِ حَرَجٌ وَلَا عَلَىٰ أَنْفُسِكُمْ أَنْ تَأْكُلُوا مِنْ بُيُوتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ آبَائِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أُمَّهَاتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ إِخْوَانِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أَخَوَاتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أَعْمَامِكُمْ أَوْ بُيُوتِ عَمَّاتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أَخْوَالِكُمْ أَوْ بُيُوتِ خَالَاتِكُمْ أَوْ مَا مَلَكْتُمْ مَفَاتِحَهُ أَوْ صَدِيقِكُمْ ۚ لَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَنْ تَأْكُلُوا جَمِيعًا أَوْ أَشْتَاتًا ۚ فَإِذَا دَخَلْتُمْ بُيُوتًا فَسَلِّمُوا عَلَىٰ أَنْفُسِكُمْ تَحِيَّةً مِنْ عِنْدِ اللَّهِ مُبَارَكَةً طَيِّبَةً ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمُ الْآيَاتِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ 61
Tarjima:
Ko`zi ojizga gunoh — tanglik yo`qdir. Va, cho`loqqa gunoh — tanglik yo`qdir. Va, bemorga gunoh — tanglik yo`qdir. Va, Sizning o`zingizga ham o`z uyingizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo tog`alaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan, yo siz kalitiga molik bo`lgan yoki do`stingiz (uyidan) yemoqligingizda (tanglik) yo`qdir. Sizlarga jamlangan yoki tarqoq holda yemoqlikda ham gunoh — tanglik yo`qdir. Uylarga kirgan chog`ingizda o`zlaringizga Allohdan bo`lgan pokiza va muborak tabrik ila salom beringlar. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Shoyadki, aql yuritsangiz. Nur 24:61
Tafsir:
Koʻzi koʻrmaydigan koʻr kishiga ham, raso yurolmaydigan choʻloq odamga ham, kasalga ham Alloh yoʻlida jihod qilish kabi qoʻlidan kelmaydigan ishlarni qilmasligida hech qanday xaraj yoʻq. Ey moʻminlar, sizlar oʻz uylaringizdan yo oʻgʻillaringizning uylaridan yo otalaringizning yo onalaringizning yo aka-ukalaringizning yo opa-singillaringizning yo amakilaringizning yo ammalaringizning yo togʻalaringizning yo xolalaringizning uylaridan yo sizlarga topshirib qoʻyilgan uylardan yo doʻstingizning uyidan taomlanishingizda sizlarga gunoh yoʻq. Toʻplanib ovqatlanasizlarmi yo boʻlinibmi, sizlarga gunoh yoʻq. Mazkur uylarga kirgan paytingizda u yerdagilarga "Assalomu alaykum", deya salom beringlar. Agar u yerda hech kim boʻlmasa, "Assalomu alayna va ala ibadillahis-solihiyn" deya oʻzlaringizga Alloh huzuridan boʻlgan muborak pokiza salomni aytinglar. Zero, salom oralaringizdagi doʻstlik, oshnolik rishtalarini mustahkamlaydi. Eshitgan odam bir huzurlanadi. Alloh sizlarga oyatlarni mana shunday bayon qiladi. Shoyad, aql yuritsangizlar va ularga amal qilsangizlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Nur • Oyat 60 Keyingi Nur • Oyat 62