Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Nur — Oyat 62 (Oʻzbekcha) — Video

Nur • Oyat 64 dan 62 • Oʻzbekcha


إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ الَّذِينَ آمَنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَإِذَا كَانُوا مَعَهُ عَلَىٰ أَمْرٍ جَامِعٍ لَمْ يَذْهَبُوا حَتَّىٰ يَسْتَأْذِنُوهُ ۚ إِنَّ الَّذِينَ يَسْتَأْذِنُونَكَ أُولَٰئِكَ الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ ۚ فَإِذَا اسْتَأْذَنُوكَ لِبَعْضِ شَأْنِهِمْ فَأْذَنْ لِمَنْ شِئْتَ مِنْهُمْ وَاسْتَغْفِرْ لَهُمُ اللَّهَ ۚ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 62
Tarjima:
Albatta, mo`minlar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan kishilardir. Ular u(Payg`ambar) bilan birga jamlovchi (muhim) ishda bo`lsalar, undan izn so`ramasdan turib ketib qolmaslar. Albatta, sendan izn so`raydiganlar, ana o`shalar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiradiganlardir. Ular ba'zi ishlari uchun sendan izn so`rasalar, ulardan kimga xohlasang, izn ber va ular uchun Allohga istig`for ayt. Albatta, Alloh o`ta mag`firatli, o`ta rahimli Zotdir. Nur 24:62
Tafsir:
Chin, sodiq moʻminlar Allohga ham, Paygʻambariga ham iymon keltirgan zotlardir. Ular musulmonlar manfaati uchun muhim boʻlgan bir ishda Paygʻambar alayhissalom bilan birga boʻlib qolsalar, izn soʻramasdan ketmaydilar. Ey Paygʻambar, sizdan ketishga izn soʻraydiganlar - ana oʻshalar Allohga va Paygʻambariga haqiqiy iymon keltirgan kishilardir. Bas, ayrim ishlari uchun sizdan izn soʻrasalar, oʻzingiz istagan kishilarga ruxsat bering va ular uchun Allohga istigʻfor ayting. Alloh tavba qilgan bandalarining gunohlarini magʻfirat qilguvchi, ularga Mehribon Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Nur • Oyat 61 Keyingi Nur • Oyat 63