Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Nur — Oyat 63 (Oʻzbekcha) — Video

Nur • Oyat 64 dan 63 • Oʻzbekcha


لَا تَجْعَلُوا دُعَاءَ الرَّسُولِ بَيْنَكُمْ كَدُعَاءِ بَعْضِكُمْ بَعْضًا ۚ قَدْ يَعْلَمُ اللَّهُ الَّذِينَ يَتَسَلَّلُونَ مِنْكُمْ لِوَاذًا ۚ فَلْيَحْذَرِ الَّذِينَ يُخَالِفُونَ عَنْ أَمْرِهِ أَنْ تُصِيبَهُمْ فِتْنَةٌ أَوْ يُصِيبَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ 63
Tarjima:
Payg`ambarning orangizdagi da'vatini bir-biringizning da'vatingizga o`xshatmang. Batahqiq, sizlardan panalab, asta-asta sug`urilib chiqib ketadiganlarni Alloh yaxshi bilur. Uning ishiga xilof qiladiganlar o`zlariga fitna yetishi yoki alamli azob yetishidan hazir bo`lsinlar. Nur 24:63
Tafsir:
Ey moʻminlar, Allohning paygʻambarini ulugʻlanglar, hurmatini joyiga qoʻyinglar. Bir-birlaringizni "Ey Abdulloh, ey falonchi", deb chaqirganingizdek, u zotni ham "Ey Muhammad", deya chaqira koʻrmanglar. Balki ehtirom bilan "Ey Allohning paygʻambari", "Ey Allohning rasuli", deb chaqiringlar. U zot sizlarni biron ishga chaqirsa, uni oʻzaro boʻlib turadigan oddiy, arzimas ishlaringizga oʻxshatmasdan, zudlik bilan yetib boringlar. Orangizdagi bildirmasdan, yashirinib chiqib ketadiganlarni Alloh yaxshi biladi. Bas, Paygʻambar alayhissalomning amriga xilof qiladiganlar bir balo-ofatga yoʻliqib qolishlaridan yoki chidab boʻlmas alamli azobga duchor boʻlishlaridan ehtiyot boʻlsinlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Nur • Oyat 62 Keyingi Nur • Oyat 64