Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Nur — Oyat 64 (Oʻzbekcha) — Video

Nur • Oyat 64 dan 64 • Oʻzbekcha


أَلَا إِنَّ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ قَدْ يَعْلَمُ مَا أَنْتُمْ عَلَيْهِ وَيَوْمَ يُرْجَعُونَ إِلَيْهِ فَيُنَبِّئُهُمْ بِمَا عَمِلُوا ۗ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ 64
Tarjima:
Ogoh bo`linglar! Albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. U zot sizning qay holatda ekaningizni yaxshi bilur. Uning O`ziga qaytariladigan kunda esa, qilgan amallari haqida ularga xabar berur. Alloh har bir narsani o`ta bilguvchi Zotdir. Nur 24:64
Tafsir:
Ogoh boʻlingizkim, osmonlaru yerdagi narsalar yolgʻiz Allohnikidir. Oʻzi yaratgan. Oʻzi boshqaradi. Oʻzi podshoh. Ey odamlar, Alloh sizlar qay ahvolda turganingizni aniq biladi. Biron narsa U Zotdan yashirin boʻla olmas. Qiyomat kuni, hamma qayta tirilib, U Zotning huzuriga qaytganlarida shu dunyoda qilib oʻtgan ishlari haqida xabar berur. Alloh hamma narsani Bilguvchidir. Osmonlaru yerdagi biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Nur • Oyat 63 Keyingi Furqon • Oyat 1