Olamlarga ogohlantiruvchi bo`lsin uchun bandasiga Furqonni nozil qilgan Zot barakotli, ulug`dir. Furqon 25:1 ⧉
Tafsir:
Bandasi Muhammad alayhissalomga haq bilan nohaqni ajratib beradigan Quronni nozil qilgan Zot barakotli, ulugʻ boʻldi. Toki, u insu jinga yuborilgan va ularni Allohning azobidan ogohlantiradigan bir paygʻambar boʻlsin.