Ular: «O`zing poksan! Sendan o`zgani do`st tutmoq biz uchun yarashmas. Lekin Sen ularni va ota-bobolarini (shunchalik) huzurlantirdingki, hatto ular zikringni unutdilar va halokat qavmi bo`lib qoldilar», derlar. Furqon 25:18 ⧉
Tafsir:
"Xudolar" aytadi: "Parvardigoro, sen har qanday sherikdan Poksan! Sendan boshqani doʻst tutmoq bizga yarashmaydi. Shunday ekan, qanday qilib bandalaringni oʻzimizga ibodat qilishga davat etaylik? Lekin Sen oʻsha mushriklarni ham, ularning ota-bobolarini ham dunyo lazzatlariga shu qadar gʻarq ayladingki, hatto ular Seni eslamay qoʻydilar. Shu bilan Sendan boshqalarga ibodat qila boshladilar. Oqibatda badbaxtliklari tufayli halok boʻladigan qavmga aylandilar".