Batahqiq, ular sizlarni aytayotgan narsangizda yolg`onchiga chiqardilar. Endi (azobni) burishga ham, yordam olishga ham qodir bo`lmassiz. Sizdan kim zulm qilgan bo`lsa, unga azobni torttiramiz. Furqon 25:19 ⧉
Tafsir:
Ey mushriklar, mana, Allohni qoʻyib ibodat qilgan xudolaringiz sizlarni yolgʻonchiga chiqarib turibdi. Endi oʻzlaringizdan azobni daf ham qilolmaysizlar, biron yodam ham ololmaysizlar. Ey moʻminlar, sizlardan kim Allohga shirk keltirish ila zulm qilgan boʻlsa, unga buyuk azobni totdiramiz.