Va o`zlari aniq bilib turib, zulm va kibr tufayli u(mo`'jiza)larni inkor etdilar. Buzg`unchilarning oqibati qanday bo`lishiga nazar sol. Naml 27:14 ⧉
Tafsir:
Oʻzlari bu moʻjizalar Alloh tarafidan ekaniga amin boʻlib tursalar-da, zolimlik va takabburlik qilib, ularni inkor etdilar, tan olmadilar. Bas, ey Paygʻambar, yer yuzida kufru masiyatlar ila buzgʻunchilik qilib yurganlarning oqibati qanday boʻlganiga qarang. Ularni halok aylab, tag-tugi bilan quritib yubormadikmi?