Batahqiq, Biz Dovud va Sulaymonga ilm berdik. Ikkovlari: «Bizni ko`pgina mo`min bandalaridan afzal qilgan Allohga hamdlar bo`lsin», dedilar. Naml 27:15 ⧉
Tafsir:
Biz Dovud va uning oʻgʻli Sulaymonga ilm berdik. Jumladan qush tilini ham oʻrgatdik. Ular ulugʻ va buyuk Allohdan minnatdor boʻlib dedilar: "Bizni koʻp moʻmin bandalaridan paygʻambarlik va ilm bilan afzal qilgan Allohga hamdlar boʻlsin".