Darhaqiqat, men bir ayolni ko`rdim. U ularning malikasi ekan. Unga har narsa berilgan ekan. Hamda uning ulug` taxti bor ekan. An-Naml 27:23 ⧉
Tafsir:
Men bir ayolni koʻrdim. Ularning malikasi ekan. Unga kuch-qudrat, podshohlik kabi har narsadan berilgan ekan va uning katta taxti bor ham ekan. Oʻshanda oʻtirib, xalqini boshqarar ekan.