Men u(ayol)ning va qavmining Allohni qo`yib, quyoshga sajda qilayotganlarini va shayton ularga amallarini ziynatlab, yo`ldan to`sayotganini ko`rdim. Bas, ular hidoyat topmaslar. Naml 27:24 ⧉
Tafsir:
U va uning qavmi har qanday nuqsondan pok Alloh taoloni qoʻyib, quyoshga ibodat qilayotganlarini koʻrdim. Shayton ularga shirk va gunohlar kabi qilayotgan ishlarini chiroyli qilib koʻrsatdi va haq yoʻldan ozdirdi. Bas, endi ular hidoyat topmaslar.