Ular: «Biz kuch-quvvat egalarimiz va shiddatli azmu shijoat egalarimiz. Ish o`zingga havola. Nima amr qilishingni o`ylab ko`r», dedilar. An-Naml 27:33 ⧉
Tafsir:
Qavmi orasidagi ulugʻ ayonlari unga shunday dedilar: "Biz quvvatli, janglarda metin matonatli odamlarmiz. Ish oʻzingga havola. Bas, nimaga buyurishni oʻylab koʻr. Nimaga buyursang ham uni bajarish qoʻlimizdan keladi".