U: «Albatta, podshohlar biror shahar-qishloqqa kirsalar, uni vayron qilurlar va uning aziz ahllarini xor qilurlar. Ana shunday qilurlar. An-Naml 27:34 ⧉
Tafsir:
Malika dedi: "Podshohlar biron yurtni bosib olsalar, uni vayron etadilar, oʻldiradilar, osadilar, talon-toroj qiladilar. Yurtning ulugʻlarini xorlaydilar. Podshohlarning odati shu. Doim shunday qiladilar. Shu yoʻl bilan odamlarning qalbiga qoʻrquv soladilar.