U (Sulaymon): «Uning taxtini tanimaydigan qilib qo`ying. Ko`raylik-chi, u(malika) uni tanirmi yoki tanimaydiganlardan bo`lurmi?» dedi. Naml 27:41 ⧉
Tafsir:
Sulaymon alayhissalom dedi: "Taxtning shaklini oʻzgartirib qoʻyinglar. Koʻraylik-chi, uni taniy olarmikin yoki oʻzining narsasini tanishga yoʻl topolmaydiganlardan boʻlarmikin".