Qachonki u kelganida: «Sening taxting shundaymi?» deyildi. U: «Xuddi o`shaning o`zi», dedi. «Bizga bundan ilgari ilm berilgan edi va musulmon bo`lgan edik». An-Naml 27:42 ⧉
Tafsir:
Saba malikasi kelgach, sinash uchun unga: "Taxting mana shundaymidi?", deyildi. Bu savolga u: "Xuddi oʻshaning oʻzi-ku", deb javob berdi. Shunda Sulayhmon alayhissalom dedi: "Alloh ilmni undan oldin bizga berdi. Zero, Alloh bunday ishlarga Qodirdir va biz Allohning amriga itoat etguvchilardan edik".