Va u(malika)ni Allohdan o`zga ibodat qilgan narsa to`sdi. Albatta, u kofir qavmlardan bo`lgan edi. Naml 27:43 ⧉
Tafsir:
U qavmiga ergashib, taqlid qilib, Allohni qoʻyib, boshqa narsalarga ibodat qilardi. Oʻsha ibodat qilgan narsasi uni Allohga tavhid uzra ibodat qilishdan qaytardi. U Allohga kufr keltirgan qavmdan boʻlgani uchun oʻzi ham kofir edi.