Biz sokinlik topishlari uchun kechani, ko`rishlari uchun kunduzni qilganimizni ko`rmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun ibratlar bordir. Naml 27:86 ⧉
Tafsir:
Anavi qayta tirilishni inkor qilayotganlar orom olishlari uchun kechani, koʻrishlari, tirikchilik qilishlari uchun esa kunduzni qilib berganimizni koʻrmadilarmi?! Mana shu takrorlanadigan oʻlim (uyqu) va qayta tirilishlarda (uygʻonishlarda) iymon keltirganlar uchun Allohning qudratiga belgilar bordir.