Sur chalinib, Alloh xohlaganidan boshqa osmonlardagi kimsalar va yerdagi kimsalar dahshatga tushgan kunda hamma U(zot)ga bo`yin egib kelurlar. Naml 27:87 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, eslang! Sur chalish vazifasini olgan farishta ikkinchi marta Sur chalganida osmonlaru yerdagi hamma dahshatga tushadi. Alloh Oʻz fazlu karami ila istisno qilgan odamlargina bundan salomat boʻladi. U kunda hamma maxluqotlar Allohga boʻyin egib keladilar.