Musoning onasining qalbi bo`shab qoldi. Mo`minlardan bo`lishi uchun qalbini mustahkam bog`lamaganimizda, uni bildirib qo`yishiga sal qoldi. Qasas 28:10 ⧉
Tafsir:
Muso alayhissalom onasining qalbi dunyoning biron ishiga etibor bermaydigan boʻm-boʻsh boʻlib qoldi. U faqat Musoni oʻylardi. Toqati toq boʻlgandi. Ortiq darajada gʻam chekkanidan sirni fosh qilib qoʻyishiga sal qoldi. Parvardigoriga tavakkul qiladigan, U Zotning qazoyi qadariga sabr etadigan moʻminlardan boʻlishi uchun uning qalbini mustahkam qilib qoʻymaganimizda oʻzini oshkor qilib qoʻyishi mumkin edi.