U(ona) u(Muso)ning opasiga: «Izidan bor», dedi. Bas, uni bir chetdan ko`rdi. Holbuki, ular sezmasdilar. Al-Qasas 28:11 ⧉
Tafsir:
Muso alayhissalomning onasi uni daryoga tashlaganidan keyin Musoning opasiga: "Uning izidan borib, nima boʻlishini bilib kel", dedi. Opasi oʻzini sezdirmasdan uzoqdan kuzatib turdi. Firavn va uning qavmi bu qiz Musoning opasi ekanini, atayin kuzatib turganini sezmadilar.