Bas, Biz uni onasiga ko`zi quvonchga to`lishi, xafa bo`lmasligi va, albatta, Allohning va'dasi haq ekanini bilishi uchun qaytardik. Lekin ko`plari buni bilmaslar. Al-Qasas 28:13 ⧉
Tafsir:
Musoni onasiga qaytardik. Toki, uni yaqindan koʻrib xursand boʻlsin. Firoq oʻtida yonmasin. Allohning uni qaytarib berish haqidagi vadasi shak-shubhasiz haq ekanini bilsin, anglasin. Lekin ularning koʻplari bu vada haq ekanini ham, bu ayol Musoning onasi ekanini ham bilmaydilar.