Qachonki u voyaga yetib, mukammal bo`lganida, unga hikmat va ilmni berdik. Biz yaxshi amal qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz. Al-Qasas 28:14 ⧉
Tafsir:
Badani pishib-yetilib, kuchga toʻlgach, unga oʻzi paygʻambar boʻlishidan oldingi Bani Isroilning dinini anglash va bilish nematini ato etdik. Musoni toati uchun mukofotlaganimizdek, hamma zamonu makondagi yaxshilik qiluvchilarni mukofotlaymiz.