Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Qasas — Oyat 23 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Qasas • Oyat 88 dan 23 • Oʻzbekcha


وَلَمَّا وَرَدَ مَاءَ مَدْيَنَ وَجَدَ عَلَيْهِ أُمَّةً مِنَ النَّاسِ يَسْقُونَ وَوَجَدَ مِنْ دُونِهِمُ امْرَأَتَيْنِ تَذُودَانِ ۖ قَالَ مَا خَطْبُكُمَا ۖ قَالَتَا لَا نَسْقِي حَتَّىٰ يُصْدِرَ الرِّعَاءُ ۖ وَأَبُونَا شَيْخٌ كَبِيرٌ 23
Tarjima:
Qachonki Madyan suviga yetib kelgach, bir to`p odamlarning hayvonlarini sug`orayotganini ko`rdi va ulardan boshqa (qo`ylarini suvdan) qaytarayotgan ikki ayolni ko`rdi. U: «Sizlarga ne bo`ldi?» dedi. Ular: «Cho`ponlar qaytmagunlaricha sug`ora olmaymiz, otamiz qari chol», dedilar. Al-Qasas 28:23
Tafsir:
Madyan suviga yetib borgach, bir guruh odamlarning chorva hayvonlarini sugʻorayotganlarini koʻrdi. Ikki qiz esa to odamlar hayvonlarini sugʻorib olguniga qadar qoʻylarini bir chekkaga olib turdilar. Muso ulardan: "Nega odamlar bilan sizlar ham hayvonlaringizni sugʻormayapsizlar", deb soʻradi. Ular: "Odatda biz podachilarga aralashib ketmaslik uchun ular qaytib ketgunlariga qadar kutib turamiz. Otamiz keksayib qolgan. Qoʻylarimizni sugʻorishga qurbi yetmaydi. Shuning uchun ularni biz sugʻorishga majburmiz", deb javob berdilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Qasas • Oyat 22 Keyingi Al-Qasas • Oyat 24