Bas, ikkovlariga (hayvonlarini) sug`orib berdi. So`ngra soyaga qaytdi va «Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman», dedi. Al-Qasas 28:24 ⧉
Tafsir:
Musoning ularga rahmi kelib, qoʻylarini sugʻorib berdi. Keyin bir soya ostiga borib, dam ola boshladi va Parvardigoriga duo qilar ekan, shu qilgan ishiga ishora qilib oʻtdi: "Parvardigorim, Sen menga nozil qilgan har qanday yaxshilikka muhtojman".