Bas, ikkovlaridan biri hayo bilan yurib kelib: «Otam senga bizlarga sug`orib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda», dedi. Qachonki unga kelganida va qissani aytib berganida, u: «Qo`rqma, zolim qavmlardan najot topding», dedi. Al-Qasas 28:25 ⧉
Tafsir:
Qizlar uylariga qaytib borib, otalariga boʻlgan voqeani aytib berdilar. Shunda ota ulardan biriga Musoni chaqirib kelishni buyurdi. Qiz Musoning oldiga uyalib kelib: "Sizni otam yoʻqlayapti. Qoʻylarimizni sugʻorib berganingiz uchun sizni mukofotlamoqchi", dedi. Muso otaning oldiga kelgach, unga boshidan oʻtkazganlarini gapirib berdi. Shunda ota uni tinchlantirib: "Qoʻrqma, zolim Firavndan ham, uning odamlaridan ham najot topibsan, chunki Madyanga ularning hukmi oʻtmaydi, endi ular senga ozor berolmaydilar", dedi.