Ikki(qiz)dan biri: «Ey otajon, uni ishga yollab ol. Chunki, ishga yollanadigan eng yaxshi kimsa kuchli va ishonchli kimsadir», dedi. Qasas 28:26 ⧉
Tafsir:
Qizlaridan biri shunday dedi: "Otajon, shu odamni ishga oling. Qoʻylarimizni sugʻorib yursin. U juda ham munosib ishchi. Chunki u baquvvat va halol. Baquvvatligi bilan ishni yaxshi bajaradi. Halolligi bilan esa xiyonat qilmaydi".