Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Qasas — Oyat 27 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Qasas • Oyat 88 dan 27 • Oʻzbekcha


قَالَ إِنِّي أُرِيدُ أَنْ أُنْكِحَكَ إِحْدَى ابْنَتَيَّ هَاتَيْنِ عَلَىٰ أَنْ تَأْجُرَنِي ثَمَانِيَ حِجَجٍ ۖ فَإِنْ أَتْمَمْتَ عَشْرًا فَمِنْ عِنْدِكَ ۖ وَمَا أُرِيدُ أَنْ أَشُقَّ عَلَيْكَ ۚ سَتَجِدُنِي إِنْ شَاءَ اللَّهُ مِنَ الصَّالِحِينَ 27
Tarjima:
U: «Menga sakkiz yil ishlab berishing sharti bilan, shu ikki qizimdan birini senga nikohlab bermoqchiman, agar o`n yilni tamomlasang, bu sening ishing. Men esa senga mashaqqat qilishni istamasman. Inshoalloh, mening solih kishilardan ekanimni ko`rasan», dedi. Al-Qasas 28:27
Tafsir:
Ota Muso alayhissalomga dedi: "Seni shu qizlarimdan biriga uylantirib qoʻyaman. Mahriga qoʻylarimizni sakkiz yil boqib berasan. Oʻn yil boʻlsa, fazlu marhamat koʻrsatgan boʻlasan. Lekin sakkiz yildan ortigʻi majburiy emas. Undan ortigʻi sening oliyjanobliging boʻladi. Ustingga senga ogʻirlik qiladigan vazifani yuklamayman. Mana koʻrasan, men ahdiga vafo qiladigan odamman".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Qasas • Oyat 26 Keyingi Al-Qasas • Oyat 28