Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Qasas — Oyat 57 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Qasas • Oyat 88 dan 57 • Oʻzbekcha


وَقَالُوا إِنْ نَتَّبِعِ الْهُدَىٰ مَعَكَ نُتَخَطَّفْ مِنْ أَرْضِنَا ۚ أَوَلَمْ نُمَكِّنْ لَهُمْ حَرَمًا آمِنًا يُجْبَىٰ إِلَيْهِ ثَمَرَاتُ كُلِّ شَيْءٍ رِزْقًا مِنْ لَدُنَّا وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ 57
Tarjima:
Ular: «Agar sen bilan hidoyatga ergashsak, o`z yerimizdan yulib olinamiz», dedilar. Biz ularga omonlik haramini makon qilib bermadikmi?! U yerga har narsaning mevalari Bizning dargohimizdan rizq o`laroq yig`iladi-ku! Ammo ko`plari bilmaslar. Al-Qasas 28:57
Tafsir:
Makka mushriklari iymon keltirib, musulmon boʻlolmayotganlariga uzr aytib, shunday dedilar: "Agar biz sen bilan birga hidoyatga ergashsak, dushmanlarimiz bir zumda yerlarimizni tortib oladilar". Biz ularga Haramni zulmdan, nohaq qon toʻkilishidan xoli, tinch joy qilib bermadikmi?! Hamma narsaning mevalari Bizning dargohimizdan rizq boʻlib oʻsha joyga yigʻiladi-ku! Lekin ularning koʻplari bu nematni bilmaslar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Qasas • Oyat 56 Keyingi Al-Qasas • Oyat 58