Biz maishatlari haddan oshgan qanchadan-qancha yurtlarni halok qildik. Bas, anavilar ularning maskanlari, ulardan keyin maskan qilinmadi, illo, ozginasi, xolos. Va Biz O`zimiz voris bo`lib qoldik. Al-Qasas 28:58 ⧉
Tafsir:
Allohning nematiga nonkoʻrlik qilib, gunoh loyiga botgan qanchadan-qancha yurtlarni halok etdik. Ana ularning uy-joylari. Huvillab yotibdi. Ularda ayrim oʻtkinchilar birozgina yashayaptilar, xolos. Osmonlaru yerning, ular orasidagi narsalarning vorisi Biz boʻldik.