Va kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Bizning yo`limizga ergashinglar, xatolaringizni biz ko`taraylik», derlar. Holbuki, ular alarning xatolaridan hech bir narsani ko`targuvchi emaslar. Albatta, ular yolg`onchilardir. Ankabut 29:12 ⧉
Tafsir:
Kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Bizning dinimizga ergashinglar, gunohlaringizni biz boʻynimizga olamiz va ular uchun biz jazolanamiz», derlar. Holbuki, ular moʻminlarning gunohlaridan biron narsani koʻtara olguvchi emaslar. Albatta ular yolgʻonchidirlar.