Albatta, ular o`z yuklarini ham, u yuklar bilan birga boshqa yuklarni ham ko`tarurlar. Albatta, qiyomat kunida uydirib yurgan narsalari haqida so`ralurlar. Al-Ankabut 29:13 ⧉
Tafsir:
Oʻzlari toʻqib olgan nohaqlikka chaqirayotgan oʻsha mushriklar oʻzlarining gunohlarini ham, tobelarining gunohlarini ham boʻyinlariga oladilar va Qiyomat kuni shu dunyoda toʻqib olgan nohaqliklariga javob beradilar. Ayni paytda tobelarning gunohlari oʻz gardanlarida zarracha kamaymasdan, boyagidek turaveradi.