Uning qavmining javobi: «Uni o`ldiringlar yoki o`tda yoqinglar!» deyishlaridan boshqa narsa bo`lmadi. Bas, Alloh uni o`tdan qutqardi. Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. Ankabut 29:24 ⧉
Tafsir:
Ibrohim alayhissalom oʻz qavmini yolgʻiz Allohga ibodat qilishga, butlarni tark etishga chaqirganidan keyin bunga javoban ular: "Uni oʻldiringlar yoki olovda yoqinglar", dedilar. Alloh u zotni oʻtdan salomat saqladi. Ibrohim alayhissalomning olov ichidan salomat chiqishida iymon keltiradigan qavm uchun ibratlar bordir. Chunki aynan moʻminlargina bunday ishlardan ibratlana oladilar.