Allohning oyatlariga va Unga ro`baro` bo`lishga kufr keltirganlar, ana o`shalar Mening rahmatimdan noumid bo`ldilar. Ana o`shalarning o`zlariga alamli azob bor. Al-Ankabut 29:23 ⧉
Tafsir:
Allohning oyatlarini va Qiyomat kuni U Zotga roʻbaroʻ kelishni inkor qiladigan kofirlar Mening rahmatimdan noumid boʻlgan badbaxtlardir. Ular kofirliklari tufayli hech qachon jannatga kirmaydilar. Oxiratda ular uchun alamli azob bordir.