Siz na yer yuzida va na ko`kda U zotni ojiz qoldirguvchi emassiz. Sizga Allohdan o`zga do`st ham, yordamchi ham bo`lmas. Al-Ankabut 29:22 ⧉
Tafsir:
Sizlar yerda ham, koʻkda ham Parvardigoringizga chap berib, U Zotning azobidan qochib-qutula olmaysiz. Sizlarga Allohdan boshqa ishlaringizni boshqarib turadigan boshqaruvchi ham, Uning azobidan qutqarib qoladigan yordamchi ham yoʻqdir.