Va Od va Samudni (ham halok etdik). Batahqiq, bu sizga ularning maskanlaridan ayon bo`lib turibdi. Shayton ularga amallarini ziynatlab ko`rsatib, ularni yo`ldan to`sdi. Holbuki, ular ko`rib-bilib turguvchi edilar. Al-Ankabut 29:38 ⧉
Tafsir:
Shuningdek, Od va Samud qavmlarini ham halok etdik. Od Hudning qavmi, Samud esa Solihning qavmi. Ey makkaliklar, Hazramavtning Hijr va Shihr kabi shaharlaridagi huvillab qolgan uy-joylari ularning halokatga uchraganlaridan darak berib turibdi. Shayton ularga qilayotgan kufru isyonlarini chiroyli qilib koʻrsatdi va shu bilan ularni yoʻldan ozdirdi. Holbuki, ular haq bilan botilni, zalolat bilan hidoyatni ajrata oladigan koʻzi ochiq, esli, hushli odamlar edilar. Shunday boʻlishlariga qaramay, hidoyatni qoʻyib, koʻngil koʻchasiga yurishni ixtiyor etdilar.