Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ankabut — Oyat 51 (Oʻzbekcha) — Video

Ankabut • Oyat 69 dan 51 • Oʻzbekcha


أَوَلَمْ يَكْفِهِمْ أَنَّا أَنْزَلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ يُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَرَحْمَةً وَذِكْرَىٰ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ 51
Tarjima:
Ularga Bizning senga o`zlari uchun tilovat qilinayotgan ushbu kitobni nozil etganimiz kifoya qilmasmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun rahmat va eslatma bordir. Ankabut 29:51
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ular uchun oʻqib berilayotgan shu Quronni sizga nozil qilib qoʻyganimiz ularga yetmas ekanmi? Sizga nozil qilingan bu Quronda moʻminlar qavmi uchun rahmat va eslatma bordir. Zero, ulardan faqat moʻminlargina foydalana oladilar. Ular uchun nozil qilingan Quron ular talab qilayotgan moʻjizalardan yaxshiroq.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ankabut • Oyat 50 Keyingi Ankabut • Oyat 52