Sen: «Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning O`zi kifoyadir. U osmonlaru yerdagi narsani bilur. Botilga iymon keltirib, Allohga kufr keltirganlar, ana o`shalar o`zlari ziyon ko`rguvchilardir», deb ayt. Al-Ankabut 29:52 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Mening haq ekanimga va sizlarning haqni tan olmayotganingizga guvoh boʻlishga Alloh kifoya qiladi. U Zot osmonlaru yerdagi bor narsani bilur. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas. Mabudlikka mutlaqo loyiq boʻlmagan botil butlarga iymon keltirib, mabudlikka yolgʻiz Oʻzi loyiq boʻlgan Allohga kofir boʻlganlar — ana oʻshalar ziyon koʻrguvchilardir. Chunki ular iymonni kufrga almashtirdilar, sotib yubordilar".