U kunda azob ularni ustlaridan va oyoqlari ostidan o`rab olur va U zot: «Qilib yurgan amallaringiz(jazosi)ni toting!» deb aytur. Ankabut 29:55 ⧉
Tafsir:
Azob ularni xuddi bir koʻrpadek ustilaridan ham, oyoqlarining ostilaridan ham oʻrab olgan kunda Alloh ularga shunday deydi: "Mana endi qilib oʻtgan shirku masiyatlaringizning jazosini totinglar".